Мақола

262 27/02/2024

CNN Koreya immigratsiya xizmati hisobotiga tayanib ma’lumot berishicha 2023-yilda Janubiy Koreyada siyosiy boshpana olgan rossiyaliklar soni 5750 nafarni tashkil etgan. Bu 2022 yili boshpana so’ragan 1038 nafar rossiyaliklar sonidan 5 marta ko’p. E’tiboringiz uchun, 1994 yildan 2019 yilgacha Koreyadan boshpana so‘ragan rossiyaliklarning umumiy sonidan ham ko‘pdir.

2023 yilda Janubiy Koreyadan boshpana so’ragan chet el fuqarolarining umumiy soni 18 838 nafarni tashkil etgan, ularning orasida eng ko‘p boshpana so‘raganlar rossiyaliklardir – 5750 kishi. Ulardan keyin qozog‘istonliklar 2 094 kishi, xitoyliklar 1282 kishi, malayziyaliklar 1205 kishi, hindistonliklar 1189 kishi, mo‘g‘ulistonliklar 836 kishi va turkiyaliklar 564 kishi.

Mamlakat immigratsiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili Janubiy Koreyada boshpana so‘rab murojaat qilganlar soni sakkiz yil ichida eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lgan.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация