Maqola

493 03/09/2024

“Saxarovo” migrantlarni vaqtincha saqlash markazida tintuvlar boshlangani haqida xabar berilmoqda. Tintuvlarga markaz xodimlari orasida korrupsion faoliyat yuzasidan shubhalar paydo bo‘lgani sababligi aytilmoqda.

Xususan, Moskva Bosh politsiya boshqarmasi migratsiya bo‘limi inspektori Rudik T. va hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha mas’ul Olga A. kuchishlatar tizimining diqqat markaziga tushgan. Ularni migrantlarga noqonuniy xizmatlarni tashkil qilishda ayblashmoqda. Tergov versiyasiga ko‘ra, gumonlanuvchilar migrantlarga uchrashuvlar tashkil qilish va Vatanga tezroq qaytish uchun pullik xizmatlar taklif qilishgan.

Uchrashuv narxi 5000 rublga, Vatanga qaytish esa 30 000 rublga baholangan. Bu xizmatlar markazning o‘zida taklif qilingan, va ulardan ko‘plab migrantlar foydalanishgan.

Ta’kidlash kerakki, qonun bo‘yicha migrantlar maxsus “спецприёмник”dagi yaqinlari bilan bepul ko‘rishish huquqiga ega. Biroq Rudik va Olga kabi uddaburonlar tufayli bepul uchrashuvga erishish imkonsiz edi. Vatanga tezroq qaytish ham aslida pullik xizmat emas. Amaldagi tartibga ko‘ra, sud tomonidan belgilangan ma’muriy jarimani to‘lagan xorijliklar Rossiyadan qo‘shimcha to‘lovsiz chiqarib yuboriladi.

Hozirda gumonlanuvchilar so‘roq qilinmoqda, va poytaxtning Tergov qo‘mitasi “Firibgarlik” moddasi bo‘yicha ish qo‘zg‘atgan.

Sizningcha, endi nimadir yaxshilanadimi?

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya