«Crocus City Hall»dagi terrorchilik ishi bo’yicha dastlabki tergov yakunlandi. Barcha materiallarni to’plash, 20 nafar gumonlanuvchini qamoqqa olish uchun 11 oy ketdi, deb xabar bermoqda “Mash” telegram kanali.
Tergov doirasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar 1700 dan ortiq odamni so’roq qildi, ularning 800 nafari guvohdir. 20 nafar gumonlanuvchi, terrorchilik aktining 4 bajaruvchisi va 16 nafar ishtirokchisi qamoqqa olindi. Dastlabki tergovning so’nggi hibsi 2024-yil 24-dekabrga qadar uzaytirilgan edi.
Endi esa, “Mash”ning advokatlarga tayanib yozishicha, tergov tugagan. Yaqin kunlarda materiallar bilan tanishiladi va ish sudga yuboriladi.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yil 22-mart kuni soat 19:00 da to’rt nafar muhojir – Muhammadsobir Fayzov, Dalerjon Mirzoyev, Fariduni Shamsidin, Saidakrami Rachabalizoda – “Crocus City Hall” binosi ichiga bostirib kirib, qirg’in va yong’in uyushtirishda ayblanmoqda. Hujum paytida 145 kishi halok bo’lgan.
Hujumchilar Ukraina chegarasidan 100 kilometr masofada joylashgan Bryansk viloyatida qo’lga olingan edi. Ular huquqni muhofaza qiluvchi organlardan o’rmonda yashirinib yurgan paytda ushlangan. To’rttalasi ham «terrorchilik» moddasi bo’yicha ayblanmoqda. Ularga 25 yildan to umrbod qamoq jazosi berilishi mumkin.