“Milliy tiklanish» DP MK raisi Alisher Qodirov Markaziy Osiyo mintaqasini Rossiya bilan viza orqali kirish-chiqish qilish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashini yozgan edi. Bu fikr Rossiya davlat dumasida ham muhokama qilingan. Ularning fikricha, bu taklif O‘zbekiston hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi amrimahol.
Rossiya Davlat Dumasining MDH ishlari bo‘yicha qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari Konstantin Zatulin bunday tashabbuslar migrantlarga qarshi choralarni kuchaytirishga oid muhokamalarga qarshi reaksiya sifatida yuzaga kelyotganini aytdi.
Bu kabi g‘oyalar O‘zbekiston hukumati va parlamenti tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi qiyin, biroq ularning paydo bo‘lishi Markaziy Osiyodagi sobiq ittifoqdosh respublikalar bilan munosabatlarni mustahkamlash va saqlab qolish haqida o‘ylash uchun belgi ekanini ta’kidladi:
«Bizdagi muhokamalar yopiq holda o‘tkazilmayotganligi sababli, ular blogosfera va OAVga tarqalmoqda. Migrantlarga nisbatan choralarni kuchaytirishga oid qonunchilik tashabbuslarimiz, ayniqsa, ma’lum darajada jamoatchilikda teskari reaksiyaga sabab bo‘lmoqda. Bu holat, aslida, na biz, na ular uchun manfaatli emas,» — dedi deputat.
Zatulinning fikricha, bu kabi tashabbuslardan kimlardir foydalanishga urinmoqda.