Rossiya hukumatiga ko’rib chiqish uchun ijarada yashaydigan muhojirlar ustidan nazoratni kuchaytirish taklif etilayotgan qonun loyihasi yuborildi, deb xabar bermoqda Rossiya parlamenti xalqaro ishlar qo’mitasi va «ЛДПР» partiyasi rahbari Leonid Slutskiy. U o‘zining telegram kanalida ma’lum qilishicha, qonun loyihasini Rossiyaning Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi ishlab chiqqan.
Leonid Slutskiyning so’zlariga ko’ra, Moskvadagi arzon uylar segmentida 85 foiz xonadonlarda muhojirlar yashaydi. «Agar rezina kvartiralarning yaralishiga hissa qo’shayotgan bo‘lsa, unda uy egalarini ham, huquqbuzar muhojirlarni ham jazolash kerak», deydi Rossiya parlamenti a’zosi.
Eslatib o’tamiz, Leonid Slutskiy bergan taklifdan tashqari 8-noyabr kuni “Госдума”ga ijaraga olingan kvartirada ro’yxatdan o’tishi mumkin bo‘lgan chet elliklar sonini cheklovchi qonun loyihasi ham kiritilgan edi.