Maqola

517 23/06/2026

Davlat dumasi deputatlari chet elga pul joʻnatish uchun yangi soliq joriy etishni taklif qilmoqda. Bu haqdagi qonun loyihasini «Spravedlivaya Rossiya» fraktsiyasi deputatlari oʻz rahbari Sergey Mironov boshchiligida tayyorlab, 22-iyun kuni koʻrib chiqish uchun kiritdi.

Agar ushbu qonun qabul qilinsa, chet elga yuboriladigan har bir pul oʻtkazmasidan joʻnatiladigan summaning 3% miqdorida majburiy toʻlov toʻlashga toʻgʻri keladi. Bundan faqat tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan oʻtkazmalar mustasno boʻladi.

Qonun loyihasi mualliflari iddaosicha, har yili Rossiyada ishlayotgan chet elliklar vatanlariga juda katta miqdordagi mablagʻlarni — 7,5 milliarddan 9,5 milliard dollargacha oʻtkazadi. Hozirda ushbu oʻtkazmalarga hech qanday soliq yoki majburiy yigʻim solinmaydi. Deputatlarning fikricha, davlat migrantlar mehnatidan va ishlab topilgan mablagʻlarning chet elga olib chiqilishidan daromad olishi kerak. Hujjat mualliflarining hisob-kitoblariga koʻra, 3% miqdoridagi yangi yigʻim Rossiya byudjetiga har yili qoʻshimcha ravishda 45 milliard rubldan ortiq mablagʻ jalb qilish imkonini berar ekan.

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya