Maqola

143 25/07/2024

Rossiya Federatsiyasiga ko’chib o’tmoqchi bo’lgan xorij fuqarolari “Vatandoshlarning ko’chib o’tish dasturi” (Программа переселения соотечественников) orqali mamlakatga kelib, doimiy yashashi uchun hujjatlarni rasmiylashtirishi mumkin. 2023-yili dasturga kiritilgan o’zgarishlar qatorida repatriant tushunchasining kiritilgani bo’lgan.

Vatandosh-repatriantlar deb ota-onasi yoki bobo-buvisi qachonlardir hozirgi Rossiya hududida tug’ilgan yoki doimiy yashagan shaxslarga aytiladi. Repatriantlar «Переселение» dasturida ishtirok etgan holda avval Rossiyada vaqtinchalik yashash ruxsatnomasini (РВП), undan so’ng Rossiyada doimiy yashash ruxsatnomasini (ВНЖ), so’ng Rossiya fuqaroligini rasmiylashtirishlari mumkin.

Kuni kecha Davlat Dumasi repatriantlarga “Переселение” dasturida ishtirok etayotgan repatriantlarga vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi – «РВП» o’rniga birdan “ВНЖ” rasmiylashtirish huquqini beruvchi qonunni uchinchi o’qishda qabul qildi. Endi qonun Federatsiya Kengashi tomonidan ma’qullanib, president tomonidan imzolansa kuchga kiradi.

Qonun kuchga kirsa “Переселение”da ishtirok etayotganlar va ularning oila a’zolari ham soddalashtirilgan tartibda birdan “ВНЖ” rasmiylashtira oladi.

Dasturda qatnashish uchun ariza Rossiyaning xorijiy davlatdagi diplomatik vakolatxonasi yoki konsulligiga topshirilishi kerak. «ВНЖ» bevosita ko’chish uchun tanlangan hududda Ichki ishlar vazirligi tomonidan beriladi.

«ВНЖ» olish uchun barmoq izlarini topshirish va tibbiy ko’rikdan o’tish talab qilinadi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya