
Davlat Dumasi noqonuniy migratsiyaga qarshi qonunlar to’plamini birinchi o’qishda qabul qildi. Rossiyaga uzoq muddatga kelgan muhojirlar bir oy ichida giyohvand moddalar, OIV va boshqa xavfli kasalliklar bo’yicha testlardan o’tishi shart bo’ladi.
Rad etganlar 30 000 rublgacha jarima va deportatsiya bilan jazolanadi.
Shifokorlar test natijalarini 24 soat ichida Sog’liqni saqlash vazirligining elektron ma’lumotlar bazasiga yuklaydi. Bunday ma’lumotnomalarni soxtalashtirish endi qamoq bilan jazolanadi: soxta hujjatlarni sotish yoki sotib olish olti yilgacha, agar bu kasallik yuqishiga olib kelsa, sakkiz yilgacha jazolanadi.
Bundan tashqari, qonun nafaqat migrantlarga, balki soxta tibbiy ma’lumotnomalarni sotib olgan maktab va oshxona xodimlariga ham qo’llaniladi.
Tashabbus mualliflarining ta’kidlashicha, raqamli reyestr qalbakilashtirishni yo‘q qiladi va politsiya kasal chet elliklarni tezroq chiqarib yuborishi mumkin bo’ladi. Statistikaga ko’ra, 2025-yilda 4500 nafar migrantga hayot uchun xavfli kasalliklar tashxisi qo’yilgan. Deputatlar shuningdek, migrantlar yoki ularning ish beruvchilari tibbiy ko’riklar uchun pul to’lashda davom etishini aniqlashtirishdi.