Maqola

575 13/02/2026

Voqea 25-noyabr kuni ertalab Bryansk viloyatining Pochep shahridagi Chet el fuqarolarini vaqtincha saqlash markazida sodir bo‘ldi.

31 yoshli sudanlik muhojir sud qarori bilan Rossiyadan deportatsiya qilinishi rejalashtirilgan edi. Deportatsiya kuni u markazni o‘z xohishi bilan tark etishdan bosh tortdi. OAV xabarlariga ko‘ra, u fuqarolar urushi davom etayotgan mamlakatiga qaytishni istamagan.

Polisiya xodimlari sud qaroriga bo‘ysunishlari va uni uyiga jo‘natishlari shart edi. Deportatsiya bekor qilinmasligi ma’lum bo‘lgach, janjal boshlandi. Erkak ikki polisiya xodimini bir necha bor mushtlab, tepgani uchun unga qarshi Rossiya Jinoyat kodeksining 318-moddasi 1-qismi – davlat amaldoriga nisbatan hayot yoki sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘ravonlik qo‘llash bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Sud ishni ko‘rib chiqib, uni bir yilu sakkiz oylik qamoq jazosiga hukm qildi. Migrant niyatiga yetganidan xursand.

 

Rossiya: quvilgan migrantlar, do‘stini qutqargan yigit, layk uchun jarima

Navigatsiya