Maqola

966 06/03/2025

Mehnat migrantlari uchun patent tizimini biometrik ma’lumotlarga almashtirish kerak, deya fikr bildirgan Davlat Dumasi deputati, «Справедливая Россия — За правду» partiyasi rahbari Sergey Mironov NEWS.ru saytiga. Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumatning Moskvada va Moskva viloyatida, shuningdek, Sankt-Peterburgda va Leningrad viloyatida bir patent asosida ishlash huquqini beruvchi qonun loyihasi faqatgina Rossiyada qonuniy yashaydigan muhojirlarga taalluqlidir.

– Muammo ozchilikka — ya’ni qonuniy va rasmiy ishga joylashgan migrantlarga taalluqli. Ammo patent sotib olib, keyin qayerda va qanday yashayotganini tushunmaydiganlarga esa hech qanday muammo yo‘q. Shunday qilib, kelajakda baribir yaroqsiz tizimni tuzatib o‘tirmay, samarali bo‘lgan muqobilini joriy qilaylik. 2023-yil noyabrida bizning fraksiyamiz patent tizimini bekor qilish va uni ishlash ruxsatnomasi bilan almashtirishga doir qonun loyihasini Davlat Dumasiga kiritgan edi. Agar shu tartib joriy qilinsa, migrantlar ishlash uchun ruxsatnomani olgandan keyin biometrik ma’lumotlarni topshirib borishar edi, — deydi Mironov.

Uning tushuntirishicha, bunday yondashuvda migrant ma’lum bir ish beruvchi uchun ishlaydi va ish beruvchi uning uchun javob beradi va daromad solig‘ini to‘laydi. Biometrik ma’lumotlarni topshiruvchi tartib, aynan, byudjet uchun ham, qonuniy faoliyat yuritayotgan biznes uchun ham, rasmiy ishlayotgan chet elliklar uchun ham foydali deb hisoblaydi deputat. Aksincha, biometrik ma’lumotlar topshirilsa, etnik jinoiy guruhlar tomonidan boshqariladigan soyadagi iqtisodiyotga katta to‘sqinlik o‘rnatiladi, — deb qo‘shimcha qilgan Mironov.

Ayni vaqtda Mironovning taklifi Davlat Dumasi va Rossiya hukumatini qiziqtirgani yo‘q. Siz patent bekor bo‘lib, ishlash uchun ruxsatnomalar (разрешение на работу) qaytishini xohlarmidingiz?

Pul yuborish uchun yangi servis

Navigatsiya