
Davlat Dumasi deputatlari mehnat migratsiyasi qoidalarini toʻliq oʻzgartirishni taklif qilmoqda. Deputatlar patentlarni bekor qilishni va qat’iy maqsadli ishga qabul qilishni joriy etishni xohlamoqda. «Spravedlivaya Rossiya» partiyasi yetakchisi Sergey Mironov chet elliklar faqat ish beruvchining taklifiga binoan aniq ishga kelishi kerak deb hisoblaydi. Boʻlish muddati va joyi mehnat shartnomasi bilan qat’iy tartibga solinadi.
Taklifga koʻra, boshqa kompaniyaga yoki boshqa hududga koʻchib oʻtish taqiqlanadi, ushbu qoidani buzganlik uchun esa migrantga mamlakatdan chiqarib yuborish tahdid soladi. Ish beruvchining oʻzi tibbiy sugʻurtani ham oʻz ichiga olgan barcha zarur hujjatlarni rasmiylashtirishi kerak boʻladi. Shuningdek, kompaniya maxsus hisob raqami ochib, undan zarurat boʻlganda deportatsiya puli toʻlanadi.
Migrantlarning oilalariga Rossiyaga kelish taqiqlanishi moʻljallanmoqda. Deputatlar chet elliklarga ijtimoiy muhim sohalarda, jumladan ta’lim, tibbiyot va transport sohalarida ishlashni taqiqlashni taklif qilmoqda. Qonun buzilgan taqdirda, mamlakatdan nafaqat qoidabuzarning oʻzini, balki uning barcha qarindoshlarini ham chiqarib yuborish koʻzda tutilgan.
Ijtimoiy toʻlovlarni olish uchun 20-yillik fuqarolik senzini joriy etish taklif qilinmoqda. Shuningdek, Tojikiston, Oʻzbekiston va Qirgʻiziston bilan viza rejimini joriy etish takliflari yangramoqda. Qoʻshimcha ravishda migrantlarning pul oʻtkazmalariga maxsus toʻlov belgilashni xohlashmoqda. Bundan tashqari, deputatlar bevosita Rossiya prezidentiga boʻysunadigan migratsiya masalalari boʻyicha alohida tuzilma yaratishni taklif qilgan.