Rossiya Ichki ishlar vazirligining xabar berishicha, Moskva va Moskva viloyatida muhojir taksi haydovchilari tekshirilmoqda. Tekshiruvlar muhojirlar ko‘p bo‘ladigan joylarda o‘tkazilayotgani ma’lum qilindi.
Profilaktik tadbirlar davomida muhojir-taksichilar migratsiya qonunchiligi va yo’l harakati qoidalariga rioya qilishi tekshirildi, deya xabar bergan vazirlik.
Tekshiruvlar uchun vaqtinchalik patrullar Sheremetyevo, Domodedovo, Jukovskiy aeroportlarida, Domodedovo va «Фудсити» agroklasterida, «Садовод» bozori, Kotelniki va Mitishidagi savdo majmualari yaqinida tashkil etilgan.
6 kunlik tekshuruv natijasida 250 nafar huquqbuzar aniqlangani qayd etildi. Rossiya ichki ishlar vazirligining xabar berishicha, har ikkinchi muhojir-taksichida huquqbuzarlik aniqlangan.
Shunday qilib, Rossiyaning huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari migratsiya qonunchiligi sohasida 138 ta qoidabuzarlikni (110 ta Rossiyaga kirish qoidalari va qolish rejimini buzish holati, 20 ta barmoq izlarini ro’yxatdan o’tkazishdan qochish, 8 ta noqonuniy haydovchi sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirish holatlari) va yo’l harakati qoidalariga rioya qilish sohasida 112 ta huquqbuzarlikni (4ta davlat raqamlarini mashinaga o’rnatish qoidalarini buzish, 4ta haydovchilik guvohnomasi va “ОСАГО” sug‘urtalarisiz boshqaruv, 2 ta boshqarish huquqiga ega bo’lmagan haydovchi tomonidan transport vositasini boshqarish, 83 ta boshqa boshqa turdagi huquqbuzarliklar) aniqlangan.
Bundan tashqari, soxta haydovchilik guvohnomalari, migratsiya kartalari, ish bilan ta’minlash to’g’risidagi soxta shartnomalar bilan chet elliklarni aniqlash haqida xabar berilgan, ularga nisbatan protsessual tekshiruv o’tkaziladi.
Rossiya Ichki ishlar vazirligining xabar berishicha, tekshiruvlar davom etmoqda.
Migrantlarga zarur hujjatlarni rasmiylashtirib, patent uchun to‘lovlarni kechiktirmasliklari tavsiya etiladi.