1-fevraldan boshlab Qozog‘iston va Rossiya chegarasida ikkita nazorat punktlari vaqtincha yopiladi. Bu Orеnburg viloyatidagi «Orsk» va «Mashtakovo» o‘tkazish punktlari, deb xabar bermoqda “Росгранстрой” o‘zining rasmiy saytida.
Chegara punktlarining vaqtinchalik yopilishiga sabab «Алимбет» va «Сырым» chegaralararo o‘tkazish punktlarida rejalashtirilgan ta’mirlash ishlari ekani ta’kidlangan. Qozog‘iston tomonining ma’lumotlariga ko‘ra, rekonstruksiya ishlari 16 oy davomida olib boriladi. Chegara punktlarining ochilishi haqida “Росгранстрой” o‘zining rasmiy telegram sahifasida ma’lum qilgan.
Mazkur chegara punktlari orqali O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston fuqarolari muntazam o‘tar edi. Shuningdek, ushbu mamlakatlarga yuklar ham shu punktlardan o‘tkazilar edi.
“Росгранстрой” haydovchilarga Rossiya-Qozog‘iston davlat chegarasini kesib o‘tishni rejalashtirayotganda quyidagi alternativ yo‘llarni ko‘rib chiqishni tavsiya qildi:
🔺 «Светлый» (barcha uchun)
🔺 «Сагарчин» (barcha uchun)
🔺 «Илек» (faqat Rossiya va Qozog‘iston fuqarolari uchun)
🔺 «Теплое» (faqat Rossiya va Qozog‘iston fuqarolari uchun)