Мақола

69 22/04/2024

“Fontanka” nashrining ma’lum qilishicha, 21-aprel kuni Sankt-Peterburgda 28 yoshli o‘zbekistonlik mehnat muhojirini noma’lum shaxslar ishlab chiqarish hududiga aldab, olib ketgan.

U yerda 5 nafar notanish shaxslar muhojirni kaltaklab, 40 ming rubl pulini tortib olishgan va yana 63 ming rubl pulni bank kartasidan o‘tkazishga majburlashgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra 5 nafar zo‘ravonlar ham 20-35 yosh orasidiga o‘zbekistonliklar bo‘lgan. Ularning to‘pponchaga o‘xshash quroli ham bo‘lgani aytilmoqda.

Ayni vaqtda politsiya zo‘ravon qaroqchilarni qidirmoqda. Jinoiy ish ochish masalasi ko‘rib chiqilayotgani haqida ma’lumot berilgan.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация