
Dollarning 90 rubldan arzonlashi so‘nggi besh oy, 2024-yil 12-sentabrdan beri birinchi marta kuzatilmoqda. 13-fevral, Moskva vaqti bilan soat 10:33da dollar ₽4,495 yoki 4,78% ga arzonlashib, kurs 89,5005 gacha pasaydi, deb xabar bermoqda “Investing” ma’lumotlari. Rossiya banklararo bozorida Moskva vaqti bilan 10:33 holatiga ko’ra dollar 3,3% ga pasayib, kurs ₽90,88 gacha tushdi.
«Rubl chet el valyutalariga zarba berdi», – deb fikr bildirgan «БКС Мир инвестиций» eksperti Mixail Zeltser. Ekspertning tushuntirishicha, 12-fevral kuni geosiyosiy sabablar, xususan, Rossiya va AQSh prezidentlari birinchi marta telefon orqali muzokaralar o’tkazgani valyuta bozoridagi talab va taklif o’rtasidagi kuchli nomutanosiblik sabablarni kuchaytirdi.
Sankt-Peterburg banki tahlilchisi Viktor Grigoryevning aytishicha, rubl so’nggi kunlarda sezilarli darajada mustahkamlandi va geosiyosiy omil tufayli dinamika yanada kuchaydi.
«Vaziyatning ko’pchilik kutganidan tezroq rivojlanishi bozorni rubl bo’yicha o’z kutishlarini ommaviy ravishda qayta ko’rib chiqishga majbur qilmoqda, yaqin kelajakda aniq kutish mumkin bo’lgan yagona narsa – bu yuqori darajadagi o’zgaruvchanlik», – deb ta’kidlaydi ekspert.