Maqola

841 01/12/2024

Davlat Dumasi deputati, Samara universiteti professori Mixail Matveyevning fikricha, dollar kursining oshishiga muhojirlar sababchi bo‘lmoqda.

«Telegram» kanalidagi mulohazasida Rossiyadagi millionlab migrantlar o‘zlari ishlab topgan mablag‘larni vatanlariga yuborishi va buning davlat iqtisodiyotidagi ulushi sezilarli darajada ekanini urg’uladi.

«Ma’lumotlar turlicha bo‘lsa-da, ko‘rinib turibdiki, Tojikiston YAIMining yarmi Rossiyadan yuborilgan pul o‘tkazmalari hisobiga ta’minlanadi (2023 yilda — 5,7 milliard dollar). Qirg‘iziston YAIMining uchdan biri shunday manbadan kelib chiqadi. O‘zbekistonda esa YAIMning 12-15 foi qismi Rossiyadan kelgan pul o‘tkazmalari hisobiga to‘g‘ri keladi (bu raqamlarda 14,5 milliard dollardan ko‘proq).

Bundan tashqari, Gruziya (2 milliard dollardan ziyod), Armaniston (3 milliard dollardan ziyod), Qozog‘iston va boshqa davlatlarda ham shunday holat kuzatilmoqda. Ya’ni, Rossiyadagi migrantlar va ularning diasporalari har yili banklardan milliardlab dollar sotib olib, valyutaga bo‘lgan sun’iy talabni oshirmoqda va dollar kursining o‘sishiga sabab bo‘lmoqda», deydi u.

Shuningdek, uning fikriga ko‘ra, aksariyat “do‘stona” deb ataluvchi MDH davlatlari Rossiya banklari va “MIR” kartalariga nisbatan cheklovlar kiritgan. Shuning uchun Rossiyadan bu davlatlarga rubl o‘tkazmalari qiyinlashgan. Natijada, migrantlar naqd dollar sotib olib, uni mamlakatdan tashqariga olib chiqib ketishmoqda.

«Bu esa nafaqat gaz va neft eksportidan dollar kursining o‘sishi orqali Rossiya byudjetiga ko‘proq daromad tushirish maqsadini, balki millionlab migrantlar tomonidan katta miqdorda dollar sotib olinishi orqali dollar kursining sun’iy o‘sishini ham qo‘zg‘atmoqda», deydi xalq vakili.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya