Maqola

455 19/12/2024

Har bir inson hayotida bir marta bo‘lsa ham reysga kechikkan bo‘lsa kerak. Domodedovo aeroporti kechikishlar sonini kamaytirish yo‘lini topdi. Aeroportda yangi xizmat joriy qilindi — xodim sizni eng qisqa yo‘ldan yukingiz bilan navbatsiz chiqish eshigiga olib borib qo‘yadi.

«Aeroport xodimi sizni ismingiz yozilgan taxtacha bilan avtoturargohda yoki temiryo‘l platformasida kutib oladi, zarurat bo‘lsa, ro‘yxatdan o‘tish stollariga kuzatib qo‘yadi va navbatdan tashqari parvozdan oldingi rasmiyatchiliklarni tezkor bajarishda yordam beradi. Agar bagajingiz bo‘lsa, yuk tashuvchi xodim uni ro‘yxatdan o‘tish stollariga yetkazishda yordam beradi (xizmat narxiga 3 tagacha bagaj sumkasi bilan yordam berish kiritilgan)», — deb xabar beradi aeroport sayti.

Ushbu xizmatni aeroport sayti orqali to‘lash mumkin. Xizmat uchun reys uchishidan kamida bir soat oldin buyurtma berilishi lozim. Agar reysga ro‘yxatdan o‘tish 40 daqiqa oldin tugasa, buyurtma 1 soat oldin, agar ro‘yxatdan o‘tish 60 daqiqa oldin tugasa, buyurtma kamida 1 soat 20 daqiqa oldin amalga oshirilishi kerak.

Xizmat narxi 7500 rublni tashkil etadi, agar yo‘lovchi fikridan qaytsa yoki baribir reysga kechiksa, pul qaytarilishi va’da qilinmoqda.

Faqat hayvonlar bilan sayohat qiluvchilarga yordam ko‘rsatilmaydi. Ular aeroportning veterinariya xizmatiga murojaat qilishlari kerak, ammo bu yerda ham navbatlar bo‘lishi mumkin. Boshqa tomondan, aynan hayvonlar bilan sayohat qiluvchilar aeroportga kamida uch soat oldin kelishga harakat qiladi, chunki erta kelib hamma jarayonga ulgurish lozim bo‘ladi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya