Maqola

350 01/12/2025

Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, 29 yoshli afg’onistonlik Rahmonulloh Laqanval Oq uy yaqinida ikki Milliy gvardiya askariga qarata o’t ochganlikda gumon qilinmoqda. 20 yoshli Sara Bekstrom halok bo’ldi, 24 yoshli Endryu Vulf esa og’ir ahvolda.

AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatda chet elda tug’ilganlarning rasmiy soni 53 million ekanligini, ularning aksariyati ijtimoiy ta’minotdan foydalanishini ta’kidlaydi.
Shu voqea fonida Tramp barcha uchinchi dunyo mamlakatlaridan immigratsiyani to’xtatib qo’yish va 19 mamlakatdan kelgan green-kartalarni qayta ko’rib chiqish niyatini e’lon qildi. Bu ro’yxatda Afg’oniston, Birma, Chad, Kongo Respublikasi, Ekvatorial Gvineya, Eritreya, Gaiti, Eron, Liviya, Somali, Sudan, Yaman, Burundi, Kuba, Laos, Syerra-Leone, Togo, Turkmaniston va Venesuela kabi davlatlar bor.

U shuningdek, immigratsiya choralarini kuchaytirish niyatini bildirdi. Endi ushbu mamlakatlardan kelgan barcha yashil karta egalarini qayta ko’rib chiqish; hukumat tomonidan tahdid deb hisoblangan migrantlarning fuqaroligini bekor qilish; xavfli yoki qoidalarni buzgan deb hisoblangan chet elliklarni deportatsiya qilish; fuqaroligi bo’lmaganlar uchun federal imtiyozlarni bekor qilish kabi ishlar amalga oshiriladi.

Tramp Bayden ma’muriyatini odamlarni yetarli tekshiruvsiz Qo’shma Shtatlarga kirishga ruxsat berishda aybladi. Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, Lakanval 2021-yilda Afg’onistondan evakuatsiya paytida Amerikaga kelgan va keyinchalik boshpana so’ragan. Uning tanishlari qochoq o’z vatanida olib borgan janglarda og’ir jarohat olganini aytishan.
Trampning bayonotlari atrofidagi tortishuvlar u CBS muxbirining oldingi ma’muriyat davrida Lakanvalni tekshilganini aniqlaganidan keyin davom etdi. Shu bilan birga, federal agentliklar hujum holatlari va gumondorning holati bo’yicha keng ko’lamli tergovni boshladi.

Vashingtondagi voqea bo’yicha tergov davom etmoqda va Lakanval jiddiy ayblovlar bilan hibsda qolmoqda.

 

Pul yuborish uchun yangi servis

Navigatsiya