158 02/10/2024

50-yil oldin Germaniyaga migrantlar bilan kirib kelgan doner-kebab nemislarning milliy taomiga aylanib ulgurgan. Biroq, Turkiya doner-kebabning ishlab chiqarilishini tartibga solishga intilayotgani Yevropa Ittifoqida bahslarni keltirib chiqardi.

Turkiyaning kebab assotsiatsiyasi Yevropa Ittifoqiga ushbu taomni himoyalangan nomlar ro‘yxatiga kiritishni taklif qilgan. Bu esa uning tayyorlanishi uchun qat’iy qoidalar belgilanishini nazarda tutadi. Xususan, gap go‘sht sifati, marinadlash jarayoni va hatto go‘shtni kesishda foydalaniladigan pichoqning uzunligi nazorati haqida ketmoqda. Doner-kebab Germaniyada milliy taomga aylanishga ulgurgan, shuning uchun nemis xalqi yangi qoidalarga qarshi chiqmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, mahalliy nemis hokimiyatlari Gemaniyadagi doner-kebab evolyutsiyalangan variantligini va turk an’analaridan farq qilishini, shuning uchun u turk qoidalariga bo‘ysunishga majbur emasligini ta’kidlamoqda. Nemis savdogarlari esa yangi tartiblar sanoatga salbiy ta’sir qilishi mumkinligidan xavotir olmoqda. Chunki doner-kebab tarmoqlari milliardlab yevro daromad keltiradigan va o‘n minglab ish o‘rinlarini yaratadigan yo‘nalish sanaladi.

Yevropa komissiyasi Turkiya va Germaniyaga mojaroni hal qilish uchun olti oy muddat bergani xabar berildi. Agar kelishuvga erishilmasa, Germaniya va boshqa Yevropa Ittifoqi davlatlaridagi ayrim savdogarlar doner-kebabni shu nom bilan sotish huquqidan mahrum bo‘lishi mumkin. Bu ko‘cha taomlari bozorida katta o‘zgarishlar va yangi huquqiy pretsedentlarning vujudga kelishiga olib kelishi mumkin.

Nima deb o‘ylaysiz, palovni ham patentlash vaqti kelmadimi yoki hali ertami?

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya