Maqola

366 19/06/2026

Moskva va Podmoskovyeda mudofaa tizimlari ishini va dron hujumlari oqibatlarini videoga olish qat’iyan taqiqlangan. Kapotnya, Lyubertsi va «Sadovod» bozoridagi yaqinda sodir boʻlgan portlashlardan keyin ijtimoiy tarmoqlarda bunday videoyozuvlar juda koʻp paydo boʻldi. Rossiyalik millatchi blogerlar va faollar bunda ushbu tumanlarda yashovchi fuqarolar va muhojirlarni ayblashdi.

«Sputnik» radiosining harbiy muxbiri Yeliseyeva dronlar boʻlgan videolarni koʻpincha chet el fuqarolari joylashtirar emish, chunki Moskvaning janubi-sharqida koʻplab kelganlar yashar ekan. Inson huquqlari boʻyicha kengash a’zosi Marina Axmedova ham bu fikrni qoʻllab-quvvatlagan. U yetkazib berish xizmatlari, taksi va marketpleyslar rahbariyatini oʻz xodimlari bilan jiddiy suhbatlar oʻtkazishga chaqirdi. Axmedova koʻpchilik chet elliklar ishga ketayotib, portlashlarni koʻrgani va bu ish taqiqlanganini bilmasliklari mumkinligi sababli ularni telefonlariga tasvirga olganini ma’lum qilgan.

Hozirgi vaqtda qoidabuzarlar uchun qat’iy choralar joriy etish taklif qilinmoqda. Colonelcassad kanali muallifi va «Sargrad» nashri «Sadovod» bozori yaqinida tasvirlarni olgan migrantlarni jarimaga tortish va deportatsiya qilishga chaqirdi. Radioelektron kurash tizimlarini ishlab chiquvchi Igor Potapov bunga qoʻshildi va deportatsiyani bunday qoidabuzarliklarga qarshi kurashishning yagona ishlaydigan usuli deb atagan.

Jazolar Rossiya fuqarolariga ham tahdid solishi mumkin. Boshlovchi Armen Gasparyan «Solovev layf» efirida harbiylarning ishini tasvirga olayotgan rossiyaliklarni davlatga xiyonat uchun sud qilishni taklif qildi. Jurnalist Vladimir Solovev ham harbiy senzura joriy etishga va Moskva mintaqasida uchuvchisiz apparatlar hujumlari kadrlarini e’lon qiladigan barchani qamoqqa olishga chaqirdi.

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya