111 17/04/2024

Birlashgan Arab Amirliklari kuchli jala tufayli suv ostida qoldi. Avtomobil yo‘llari daryoga aylanib, odamlar aeroportlarda tunab qolishga majbur bo‘ldi.

Birlashgan Arab Amirliklarida kuchli yomg‘ir sababli Dubay, Abu-Dabi, Sharja va Ras al-Xayma shaharlarida yo‘llarni suv bosdi.

TASS xabariga ko‘ra, 15-apreldan 16-aprelga o‘tar kechasi Dubayda 30 mm dan ortiq yomg‘ir yoqqan va hafta oxiriga kelib bu ko‘rsatkich 150 mm dan oshishi mumkin. Shaharda to‘q sariq xavfsizlik darajasi e’lon qilindi va aholidan uylarini tark etmaslik so‘ralgan. Ko‘pgina korxonalar masofaviy ishlashga o‘tdi, ta’lim muassasalarida ham darslar bekor qilindi.
Suv toshqini paytida mamlakatga kelgan sayyohlarning omadi kelmadi. Aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagi suv ostida qolgani sababli o‘nlab reyslar boshqa yo‘nalishga almashtirildi yoki kechiktirildi.

Parvozlari bekor qilingan ko‘plab yo‘lovchilar aeroportda tunab qolishmoqda.

Reyslar ommaviy ravishda bekor qilinmoqda. Meteorologlar kuchli yomg‘ir chorshanba kuni soat 18:00 gacha davom etishini taxmin qilishgan. Yo‘llar, yo‘laklar va metroga kirish joylari butunlay suv ostida qolgan.

Sayohatchilarning ta’kidlashicha, Dubayda yetkazib berish xizmatlari ishlamay qolgan, shuning uchun ular o‘zlari ovqat uchun tashqariga chiqishga majbur bo‘lishgan.

Shahar ko‘chalarida avtosisternalar suv tortish ishlarini bajarmoqda, deb yozadi TASS.

Mamlakat qurg‘oqchil iqlim sharoitida joylashganligi sababli yo‘l infratuzilmasi kuchli yog‘ingarchilikka moslashtirilmagan.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация