Maqola

722 02/09/2025

Kreml ideologlaridan biri Aleksandr Dugin o‘z bayonotlarida migrantlarning Rossiya jamiyatiga integratsiyalashuvi mavzusiga yana bir bor to‘xtaldi. Uning aytishicha, ruslarga qarshi tajovuz qilgan har qanday muhojir jinoyatchiga aylanadi, ammo muammoning mohiyati, uning fikricha, “Gʻarb ta’sirini tashuvchilari”da ekan.

Dugin yechim sifatida assimilyasiya qilishni taklif qildi. Uning iddaosicha, pravoslavlikni qabul qilgan va Rossiya tomonida harbiy harakatlarda qatnashgan tojiklar, o‘zbeklar yoki ozarbayjonlar muhojir bo‘lishni to‘xtatib, “rus”ga aylanishadi. Unga ko‘ra, sarafan va cherkov foydasiga an’anaviy kiyimidan voz kechgan musulmon ayolni ham “o‘zimizniki” deb hisoblash mumkin.

Shuningdek, u Rossiyaga ko‘chib kelgan muslima ayollar shu yo‘l bilan Rossiyani qo‘llab-quvvatlashini ko‘rsatishi kerakligini ta’kidlagan. Duginning so‘zlariga ko‘ra, agar ayol armiyaga yordam bersa – masalan, pravoslav xristianlar bilan birgalikda kamuflyaj to‘rlarini to‘qisa – uni hurmat qilish kerak. Shuningdek, u musulmon migrant ayollar Rossiya bilan birdamlik belgisi sifatida ro‘mollariga Z belgisini yozib qo‘yishni taklif qildi.

“Ruslik” millatiga ko‘ra emas, diniy yoki siyosiy xususiyatlariga ko‘ra belgilanadigan bunday g‘oyalarga ekspertlar turlicha munosabat bildirdi. Ko‘pchilikning ta’kidlashicha, bunday qarashlar Rossiyaning ko‘p millatli tarkibining murakkabligini hisobga olmaydi va qarama-qarshilik sifatida qabul qilinishi mumkin.

Rossiyada yurish-turish qoidalari, madaniyat, etika

Navigatsiya