Maqola

153 27/11/2024

2010-yilda dunyoda OIV bilan yangi zararlanish holatlari soni 2,11 millionni, vafot etganlar soni esa 1,19 millionni tashkil etgan. 2021-yilda esa bu ko‘rsatkichlar tegishli ravishda 1,65 million va 718 mingga yetgan. Yangi zararlanish holatlari 22 foizga, o‘limlar esa deyarli 40 foizga kamaygan, deb yozadi The Lancet.

2021-yilga kelib dunyo bo‘ylab OIV bilan yashovchilarning umumiy soni 40 millionga yetgan, 2010-yilda esa bu ko‘rsatkich 29,5 million bo‘lgan.

Tadqiqot mualliflarining ta’kidlashicha, Afrika va Janubiy Osiyo davlatlarida OIV tarqalishini cheklash borasida sezilarli yaxshilanish kuzatilgan. Bu umumjahon ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Ammo Markaziy va Sharqiy Yevropa hamda Markaziy Osiyo davlatlarida vaziyat yomonlashgan.

Rossiyada esa 2021-yilda 2010 yilga nisbatan OIV bilan bog‘liq o‘lim holatlari o‘sgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 45 mingdan ortiq shaxs OIV kasalligi bilan yashab kelmoqda.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya