Maqola

117 19/08/2024

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi Rossiyaning Kursk, Bryansk va Belgorod viloyatlaridagi vaziyat munosabati bilan O‘zbekiston fuqarolariga zarur ehtiyot choralarini ko‘rishni, o‘ta zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmaslikni, shuningdek, jamoat joylariga bormaslikni tavsiya qildi.

“Imkon qadar ushbu hududlarda tahsil olayotgan talabalarga vaqtincha masofaviy taʼlim formatiga (onlayn) o‘tishni tavsiya qilamiz”, deyiladi xabarda.

Agar konsullik yordami yoki maslahat kerak bo‘lsa, O‘zbekistonning Moskvadagi Elchixonasining Konsullik bo‘limining Call-markaziga murojaat qilish mumkin.

☎️+7 499 238-36-20; +7 499 230-00-76.

📩Email: uzkorus@mail.ru

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya