Maqola

556 22/01/2025

AQSH prezidenti Donald Tramp qonuniy immigratsiya maqomiga ega bo‘lmagan ota-onalarning AQSHda tug‘ilgan bolalariga fuqarolikni cheklash haqidagi farmonni imzoladi. Bu AQSH Konstitutsiyasiga 1868-yildan buyon mazkur mamlakatda tug‘ilgan har bir kishiga fuqarolikni kafolatlagan 14-tuzatishga zid, deb hisoblanmoqda.

Trampning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlarda ota-onasidan mamlakatda qonuniy maqomga ega bo‘lmagan yoki vaqtinchalik vizada tug‘ilgan bolalar avtomatik ravishda fuqarolikni olmasligi kerak. Bu «fuqaroligi yo‘q» ta’rifini kengaytiradi va ota-onasi AQSHda qonuniy asoslarsiz yoki vaqtinchalik vizalarsiz bo‘lgan bolalarni fuqarolikdan chiqarib tashlaydi. Ilgari, bu band faqat xorijiy diplomatlar va xorijiy davlatlar harbiy xizmatchilarining farzandlariga nisbatan qo‘llaniladi, deb hisoblanar edi.

Aksar ekspertlar farmonni konstitutsiyaga zid, deb hisoblaydi, chunki 14-tuzatish Qo‘shma Shtatlarda tug‘ilgan har bir kishining fuqaroligini aniq kafolatlagan. Amerika fuqarolik erkinliklari ittifoqi (ACLU) va 22 shtatning bosh advokatlari bu buyruq Konstitutsiyaga zid ekanligini aytib, sudga da’vo bilan chiqishdi. Konservativ sudyalar hukmronlik qiladigan sudning hozirgi tarkibini inobatga olgan holda, AQSH Oliy sudi ishlarni ko‘rib chiqishi kutilmoqda.

Trampning farmoni AQSHning immigratsiya siyosatidagi jiddiy o‘zgarishlar bo‘layotganini anglatadi va millionlab odamlar uchun uzoq muddatli oqibatlarga olib kelishi mumkin.

AQSh prezidentining o’zi bu farmon konstitutsiyaga zid deb topiladimi yoki yo’qligini bilmaydi. Uning ta’kidlashicha, Qo’shma Shtatlar “yer huquqi”ni tan olgan dunyodagi yagona davlat, degan edi. Aslida, bu to’g’ri emas: Kanada, Meksika va Janubiy Amerikaning aksariyat davlatlarida tug‘ilish fuqarolikning berilishi uchun kifoya bo‘ladi.

The Washington Post gazetasiga intervyu bergan advokatlarning fikricha, “yer huquqi”ni cheklash Konstitutsiyaga zarba bo’lishi mumkin.

Rossiya: quvilgan migrantlar, do‘stini qutqargan yigit, layk uchun jarima

Navigatsiya