Maqola

245 24/09/2024

Federal sud pristavlari xizmati (ФССП) ish faoliyatida video vositalaridan foydalanish to’g’risida buyruq loyihasini ishlab chiqdi. Unga ko’ra “ФССП” xodimlari videokamera vositasida ish faoliyatini, jumladan migrantlarning deportatsiya qilish jarayonini ham yozib borishi kerak. Videoga olish haqida xodimlar muhojirlarni avvaldan ogohlantirishi shart bo’ladi. Barcha videomateriallar arxivda saqlanadi, deb yozmoqda “Kommersant” nashri.

Suratga olish uchun statsionar IP-kameralar, mobil va portativ videregistratorlar, fotoapparatlar, audio va video yozish uchun qurilmalardan foydalanish taklif etilmoqda. «ФССП» xodimlari videoqurilmalarni barcha ish jarayonida – fuqarolarni qabul qilishda, jinoyatlar va huquqbuzarliklar holatlarini hujjatlashtirish, ijro harakatlarini qayd etish, sud qarorini ijro etishdan bo’yin tovlaganlarni sudga olib borish va chet elliklar yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxslarni Rossiyadan chiqarib yuborishda ishlatishi kerak bo’ladi.

Ish faoliyati videoga olinishi haqida oldindan ogohlantirilish berilishi, videokameralar o’rnatilgan joylarda esa ularning mavjudligi haqida kamida 200×150 mm o’lchamdagi ma’lumot belgilari joylashtirilishi kerak bo’ladi. Videoyozuv amalga oshirilayotganda video yozish sanasi, vaqti va joyi ko’rsatilishi lozim. Pristavlar o’zlarini videoga tanishtirishi va lavozimini aytishi kerak. Barcha audio, foto va video materiallar arxivda saqlanadi. Axborot tashuvchining foydalanish muddati tugaganda, u boshqasiga ko’chirilishi kerak.

“ФССП” xizmati «Парламентская газета»ga bergan bayonotida, mazkur tartib «fuqarolarning huquqlarini himoya qilish uchun qo’shimcha kafolatlarni ta’minlash»ga, shuningdek, «obyektiv nazorat olib borish» va kerakli tafsilotlarni qayd etishga yordam berishini bildirgan.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya