Federal qo‘riqlash xizmati (ФСО) xodimlari asosiy ish vaqtidan tashqari yangi kasblarni o‘zlashtira boshlashdi: ular taksi haydovchisi, kuryer, qo‘riqchi va hatto marketpleys xodimi sifatida ishlashmoqda. Buning sababi — ish joyidagi maoshning kamligi va uzoq vaqt davomidan buyon indeksatsiya qilinmayotgani, deb xabar bermoqda «Baza» telegram-kanali.
Odatda Moskvada taksi va yetkazib berish xizmatlarida asosan Markaziy Osiyodan kelgan migrantlar ishlab keladi. Endi esa bu sohada Federal qo‘riqlash xizmati xodimlari ham ishlashni boshlagani ahamiyatli. Ta’kidlash kerakki, Federal qo‘riqlash xizmati xodimlari Rossiya prezidenti, uning oila a’zolari va rezidensiyalarini qo‘riqlash bilan shug‘ullanadi.
Ma’lum bo‘lishicha, Federal qo‘riqlash xizmati ishchilarining o‘rtacha maoshi 80–110 ming rublni tashkil etadi, ammo so‘nggi yillarda narxlarning oshishi tufayli bu pul ro‘zg‘or uchun yetarli bo‘lmay qolgan. Bundan tashqari, mukofot pullari ham kamaygan. Yangi yilda beriladigan mukofot puli ham sezilarli darajada qisqartirilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan, deb yozmoqda «Baza».
Manbaning ta’kidlashicha, ko‘plab “ФСО” xodimlari kafolatlangan yaxshi pensiyani yo‘qotmaslik uchun asosiy ishdan voz kechishni xohlashmaydi. Biroq, ular odatiy turmush darajasini saqlab qolish uchun qo‘shimcha daromad manbalarini izlab, qo‘shimcha ishlarga chiqmoqda.
Qo‘shimcha ish sifatida federal qo‘riqlash xizmati ishchilari taksi, kuryerlik va migrantlar o‘rtasida mashhur bo‘lgan boshqa sohalarda ish o‘rinlari uchun raqobatni kuchaytirayaptimi, hamkasblari bilan qanday munosabatda hamkorlik qilayapti – hozircha noma’lum.