Maqola

602 01/11/2024

«Госдума» seshanba kuni «migratsiya paketi» doirasida to’rtta qonunni ikkinchi va yakuniy uchinchi o’qishda qabul qildi, deb yozmoqda «Коммерсант» nashri.

Rossiya deputatlari noqonuniy migratsiyani tashkil etganlik uchun jazoni kuchaytirish va jinoyat sodir etgan noqonuniy migrantlar uchun javobgarlikni og’irlashtiruvchi qonunlarni qabul qildi. Shuningdek, soxta va noqonuniy migratsiya xizmatlari reklamasini ma’n etuvchi va xususiy tashkilotlarda rus tili bo’yicha imtihonlarni qabul qilishni taqiqlovchi qonunlar qabul qilindi. Noqonuniy muhojirlar bilan kurash bu qonunlar bilan cheklanmaydi, biroq, ma’lum bo’lishicha, Rossiya deputatlari qonuniy migratsiya muammolariga ham qo’l urishga tayyor.

«Noqonuniy migratsiya ustida ishni tugatgach, qonuniy migratsiya yo’nalishida takliflarni tayyorlaymiz», — deb ma’lum qilgan Vyacheslav Volodin. Deputat Irina Yarovaya hukumatdan barcha jihatlarni tahlil qilib, Rossiyaga xorijdan qanday ishchilar, qaysi miqdorda kerakligi haqida ma’lumot berishni so’ragan.

Mehnat bozori haqiqatan ham tashqi resurslarga muhtoj, deya fikr bildirgan “Госдума”ning mehnat qo’mitasi rahbari, deputat Yaroslav Nilov.

Deputat Leonid Kalashnikov qabul qilingan qonunlar barcha muammolarni hal qilmasligini, “Госдума” tashkiliy migratsiya tizimiga qaytish yo’lida ekanini ta’kidlagan. Deputat «yoki patentlarni taqiqlash yoki bu ikki jihatni muvofiqlashtirish» taklifini bergan.

Katta ehtimol bilan “Госдума” tashqi ishchi kuchi faqatgina ish beruvchining taklifi bilan Rossiyaga kelishi masalasiga qaytadi. Ya’ni mehnat migratsiyasi tashkiliy tarzda amalga oshirilishini nazarda tutuvchi qonunlar muhokama qilinishi mumkin.

Tashkiliy migratsiya masalasida fikringiz qanday?

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya