144 30/07/2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning 2024-yil 18-iyul kuni Toshkent shahridagi uchrashuvida tomonlar ikkala davlat chegarasida joylashgan chegara bojxona postlaridan samarali foydalanish masalasini ko‘rib chiqishgan edi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston va Qirg‘iziston bojxona hamda chegara xizmati rahbarlari Farg‘ona viloyatidagi chegara-bojxona postlari faoliyatini birgalikda ko‘zdan kechirib, yangi bojxona postlarini tashkil etish va mavjudlaridan samarali foydalanish, bojxona postlarida tirbandliklarning oldini olish borasida mavjud imkoniyatlarni tahlil qilishdi.

2024-yilning 26-iyulidan boshlab Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasining “Farg‘ona” chegara bojxona posti hamda Shohimardonga kirish qismida joylashgan “Oq-qiya” bojxona punkti tunu kun ishlash rejimiga o‘tkazildi.

Endilikda Shohimardonga dam olgani borayotgan fuqarolar ushbu bojxona ob’yektlari orqali istalgan vaqtda harakatlanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Bu yangilik ikki davlat aholisining o‘zaro do‘stona aloqalarini yaxshilashda yana bir oldinga bosilgan qadam bo‘ldi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya