Мақола

158 08/07/2024

Endi patent olgandan keyin 2 oy ichida “МВД”га topshiriladigan ish joyingiz haqidagi «уведомление»ni “ММЦ Сахарово” topshirish mumkin.

Joriy yilning 8-iyulidan boshlab “Saxarovo”dagi Migratsiya markazida Xorij fuqarolarining mehnat faoliyatini olib borayotgani haqidagi bildirishnomani topshirish mumkin. “Уведомление”ni “Saxarovo”da topshirish uchun onlayn ravishda avvaldan qabulga ushbu havola orqali yozilish mumkin

“Уведомление” “Saxarovo”da har kuni soat 8 dan 20:00gacha 7A kirishda qabul qilinadi.

“Saxarovo”da “уведомление” topshirish pullik bo‘lib, narxi 500 rubl. 

“Уведомление” topshirmoqchi bo‘lganlar o‘zlari bilan birgalikda quyidagi hujjatlarni olib kelishi kerak:

1. Pasport

2. Oldindan to‘ldirib kelingan “уведомление”

3. Mehnat shartnomasi

4. Agar mavjud bo‘lsa pasportning notarial tarjimasi.

Tushunganingizdek, “Saxarovo”ga oldindan to‘ldirilgan, tayyor “уведомление” va mehnat shartnomasini olib kelib, topshirish kerak.

Bu birinchi navbatda “МВД”ga shaxsan borib, “уведомление” topshirmoqchi bo‘lganlarga qulay. Chunki “МВД”ga “уведомление” topshirishga borganda ko‘pincha oldindan qabulga yozilib kelish talab qilinadi va muhojirlar qaytarib yuboriladi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Навигация