73 16/04/2024

Bir yil avval Moskvada bo‘lgan voqeani o‘sha vaqt bilan aytib bermochiman.

O‘sha kuni bir rus qiz bilan gaplashib qoldim. O‘zbekligimni aytganimda, “Men seni Kavkazlik deb o‘ylagan edim” deb aytdi. Keyin kayfiyati o‘zgardi. Buni sezib, “aziat”larni yomon ko‘rishini sababini so‘radim.

Uning aytishicha, “aziat”larni yomon ko‘rmas ekan. Shunchaki qo‘rqar ekan, avvalroq oddiy ishchilar ko‘p bo‘lganini, hozir esa o‘z biznesiga ega kishilar, menejerlar ko‘payib borayotganidan qo‘rqar ekan. “Sizlar ko‘payib ketayapsizlar va tez o‘syapsizlar”, dedi

Keyin oila mavzusiga o‘tdik. Unga koreys key pop yulduzlariga o‘xshash, nozik, yuzi silliq yigitlar yoqar ekan. Ular baqirmas ekan, urushmas, nimanidir ta’qiqlamas ekan. Ular ancha yoqimtoy ekan, xuddi kuchukchadek.

“Ammo oila qurishga kelganda meni moliyaviy ta’minlay oladigan va ko‘rinishidan xaqiqiy erkakka o‘xshagan yigitga tegishni xohlayman” deydi. “U seni boqadi, ximoya qiladi, asraydi.

Kuchukcha esa faqat ko‘ngilxushlik va vaqtni qiziqroq o‘tkazish uchun” deydi

Bolalar haqida so‘raganimda “Men bolalarni xushlamayman, chunki ularga e’tibor kerak. Keyin er faqat menga emas, bolalarga mehr beradi. Shohona hayoting tugaydi”, dedi. Men hazil aralash “Sizlar tug‘ib ko‘paymaganingizdan keyin biz ko‘payamiz-da” dedim)

“Buni tushunaman, millatimiz inqirozga qarab ketyapti. Yaqin orada yo‘q bo‘lib ketsak kerak. Lekin men millatni o‘ylasam, o‘zim maza qilmay yashasam, hamma shunday qiladimi? Yaxshisi, o‘zim xohlagandek yashay, qolganini vaqt ko‘rsatadi” deb kulib qo‘ydi.

Bu rus qizni fikri hamma ruslarning fikrini ifodalamaydi albatta. Ammo ko‘p jihatdan to‘g‘ri. Bu yerda ayollar kar’yera deb farzanddan voz kechishyapti. Erkaklarga teng bo‘laman deb, inqirozga qarab ketyapti.

Uning fikricha ayol avval o‘qishi, keyin uyda bolalarga tarbiya berishi, xohlagan narsasini o‘rganishi kerak ekan. “Ammo men uyda o‘tirgim kelmaydi. Erkaklarga ayollar nimalarga qodirligini ko‘rsatib qo‘ygim keladi” deydi. Oxirida “Normalnыy mujik bo‘lsa-da, hamma taraflama ta’minlab qo‘ysa, aytganini qilsam, qo‘rqsam ozroq, lekin yaxshi ko‘rsam” deb gapni tugatdi. Bir-birimizga qarab kulib yubordik…

Men shuni bildimki, bu ayollar o‘zi nima xohlashini hech qachon bilmaydi. Oqibatini o‘ylamasdan ish qiladi va o‘zi shunaqaligini tan olmaydi. Bu qiz ham qilayotgan ishlari noto‘g‘ri ekanini biladi, lekin shunaqa qilgisi keladi.

👤 Nurbek Yo‘ldoshev

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация