Maqola

349 12/11/2024

Sankt-Peterburg shahrida joylashgan Ermitaj muzeyi Rossiyaning eng katta muzeyidir. Ermitajda 1000 dan ortiq xonalar mavjud bo’lib, ulardan biri «Diplomatik sovg’alar» deb ataladi. Bu to’plam Buxoro, Xiva va Qo’qon xonliklarining elchilari tomonidan rus imperatoriga taqdim etilgan sovg’alardan iborat.

«Diplomatik sovg’alar» to’plamidagi Buxorodan Ermitajga keltirilgan eksponatlarda qorako‘l terilari, o’ram matolar, bezaklar bilan bezatilgan kumush buyumlar, qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan oltin belbog’lar, gilamlar va boshqalar mavjud. Bu sovg’alarni Amir Abdulahadxon va Amir Olimxon taqdim etgan.

Buxoro amiri qimmatbaho va noyob egarlari bilan 17 ta chopqir ot ham hadya qilgan. Ba’zi egar va buyumlar muzeyda haligacha saqlanib qolgan, boshqalari 1917-yilgi inqilobdan keying davrlarda yo‘qolgan. Ermitajdagi eng esda qolarli eksponat esa Buxoroning mashhur «Buxoro chodiri».

U 1893-yil 4-yanvarda imperator Aleksandr III ga Buxoro amiri Abdulahadxon tomonidan taqdim etilgan. Chodir harbiylarniki bo’lib, muzeyda uni ham ichki, ham tashqi tomonlarini ko‘rish imkoniyati bor.

Qolgan eksponatlarni «Davlat Ermitaji to’plami» kitob-albomida ham ko‘rib o‘rganish mumkin. Kitob mualliflari Ermitaj to’plamining shakllanishi va Rossiya hamda Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasidagi diplomatik aloqalar sirlarini ochib berishga harakat qilgan.

Kitobga kiritilgan eksponatlar orasida qurol, qimmatbaho materiallardan yasalgan ashyolar, metall, sopol va matolardan tayyorlangan buyumlar, zargarlik namunalari, arxitektura bezaklari, numizmatik yodgorliklar va boshqalar bor.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya