1 036 06/11/2024

Nijniy Novgorod oblastining Kstovskiy tumanida mahalliy huquq-tartibot idoralari xodimlari noqonuniy migrantlarni qidirish bo‘yicha reyd o‘tkazdi. Oz emas, ko‘p emas, 36 nafar odam, ularning 15 nafari yosh bolalar yashayotgan uyni bosgan politsiyachilar bir quvonishgan edi.

Ularning ko‘z oldiga telegramm kanallaridagi xabarlarda katta «noqonuniy muhojirlar guruhi» qo‘lga olingani haqidagi sarlavhalar ham kelgan bo‘lsa ham ne ajab. Biroq ularnig quvonchi uzoqqa cho‘zilmadi, haqiqat butunlay boshqacha bo‘lib chiqdi.

36 nafar kishini yuztuban yotqizib, hujjatlarini sinchiklab tekshirgandan so‘ng ularning barchasi Rossiya fuqarosi ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ular migrantlar emas, boshqa mintaqalardan kelgan ko‘chmanchi lo‘lilar ekan. Rossiyadagi muhojirlarning qonuniy pasportlari politsiyaning shijoatini biroz hayajon bilan almashtirdi.

Ovoragarchiliklar bekor ketmasligi uchun uch kishiga bolalarining maktabga bormagani uchun ma’muriy bayonnoma tuzildi, yana kimgadir saqlash qoidalari buzilgan pnevmatik qurol borligi aniqlandi.

Reyd “qonunlarni buzishga yo‘l qo‘yilmasligi” haqidagi profilaktik suhbat bilan yakunlandi. Bunday mehmonlarni yoki bunday «tashriflar»ning takrorlanishini xohlamagan lo‘lilar oilasi tezda ko‘ch-ko‘ronini yig‘ib, yana yo‘lga ravona bo‘ldi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya