Maqola

179 14/01/2025

2024-yilda Rossiyada barcha turdagi kvartiralarni ijaraga olish narxi 31,4% ga oshdi. Ekspertlar 2025-yilda ham narxlarning faol o‘sishda davom etishini taxmin qilishmoqda. Bu ijaraga bo‘lgan yuqori talab va uy-joy xarid qilish salohiyatining tushishi bilan bog‘liq, deb xabar bermoqda «TACC» agentligi.

Bir xonali kvartiralar ijarasi uchun eng baland narx o‘sishi Cheropovets (+71,8%), Kursk (+69,5%) va Oryolda (+65,5%) kuzatilgani ma’lum qilinmoqda. Shu bilan birga, ijara narxi unchalik qimmatlamagan shaharlar orasida Yakutsk (+2%), Murmansk (+5,5%) va Maxachqal’a (+6,3%) qayd etilgan. Narxlar dinamikasi mintaqaga qarab farq qilishi kuzatilmoqda.

Moskvada esa bir xonali kvartiralarni ijaraga olish narxi 24,6% ga oshib, oyiga 58 510 rublga yetgan. Moskva viloyatida esa shunga o‘xshash kvartiralar 23,5% ga qimmatlashib, o‘rtacha oyiga 36 518 rublni tashkil etmoqda. Avvalroq Migrant.uz saytida Moskva va Moskva viloyatida ijara narxi qimmatlagani haqida xabar berilgan edi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya