Maqola

1 450 14/09/2026

“Şu iş e’lonini körib, WhatsApp orqali telefon qildim, lekin qönğiroğimga javob berişmadi. Keyin telefon raqamiga qönğiroq qilganimda, «Faqat WhatsApp orqali yozing», deb xabar yuborişdi.

Men ham WhatsApp orqali yozib, iş kerakligini aytdim. «Iş bor», deyişdi. Tayyor mahsulotlarni upakovka qiliş işi ekanini aytişdi. Men rozi bölib, işlaşim mumkinligini aytdim.

Şundan keyin mendan medknijka, trudovoy knijka, “DMS”, “OMS”, patent va pasportimning rasmlarini söraşdi. Pasport va patentimni yubordim. “Medknijka” va “trudovoy knijkam” yöqligini aytganimda, «Ular bölmasa, işga olib bölmaydi», deyişdi.

Keyin «Işonadigan, hujjatlarni tayyorlab beradigan odam bor. Işonçli odam, hamma hujjatlarni qilib beradi», deb bir kişining raqamini berişdi. «Faqat WhatsApp orqali yozing», deyişdi. Hujjatlarni metro bekatigaça yetkazib berişini ham aytişdi.

Men işonib, öşa odamga yozdim. U “medknijka” va “trudovoy knijka”ni 3000 rublga, “DMS” va “OMS”ni esa 3500 rublga qilib berişini aytdi. Pulim kamroqligini, arzonroq qilib berişini söradim. U «2500 rublga qilib beraman», dedi. Aytgan karta raqamiga 2500 rubl pul ötkazdim. U «Ertaga soat 11:00 da tayyor böladi», dedi.

Lekin ertasi kuni qönğiroq qilsam, javob bermadi. Ovozli xabar yubordim, unga ham javob bölmadi. Keyin ma’lum bölişiça, hujjatlarni tayyorlab berişini aytgan odam iş e’lonini bergan ayol bilan şerik bölgan ekan. E’lon bergan ayol ham qönğiroqlarimga javob bermadi.

Eng açinarlisi, hozir ham öşa ayol şu kabi iş e’lonlarini Telegram kanallariga joylaştirib yuribdi.

Musofirda yurgan yurtdoşlar, iltimos, ehtiyot bölinglar! Agar iş e’lonida «faqat WhatsApp yoki Telegram orqali yozing», deyilsa, darhol işonib ketmanglar. Ayniqsa, oldindan pul söraşsa, juda ehtiyot bölinglar.

Kvartira ijarasi haqidagi e’lonlarda ham telefon raqami bölsa, avvalo qönğiroq qilib, şaxs va e’lonning haqiqiyligini tekşirib köringlar.

Hozir juda köp moşenniklar bor. Ayniqsa, Telegram guruhlarida turli xil firibgarlik holatlari uçrab turibdi. Ayollar nomidan yoki ayollar orqali ham firibgarlik qilayotganlar bor.

Musofirda yurgan yurtdoşlar, iltimos, huşyor bölinglar. Iş, kvartira yoki hujjat masalasida oldindan pul yubormasdan, avvalo hammasini tekşirib olinglar”.

Botirjon Yuldaşev, Rossiya

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya