Maqola

777 11/02/2025

Ularni nima xavotirga solmoqda?

— G’arb Markaziy Osiyo mamlakatlarini sanksiyalarga rioya qilishga majburlamoqda va ularga Rossiyani chetlab o’tib, jahon bozorlariga, transport yo’laklariga va ta’minot zanjirlariga kirishni taklif qilmoqda;

— Markaziy Osiyo sanksiyalardan foydalanib, Rossiya biznesini o’z yurisdiksiyasidan siqib chiqarmoqda, import va eksport oqimlarini nazoratga olmoqda hamda ishlab chiqarishni Rossiyadan olib chiqib ketmoqda. Bundan tashqari, sanktsiyalarni buzish xavfi Markaziy Osiyo mamlakatlariga Rossiyadan qo’shimcha komissiyalar olish imkonini bermoqda;

— Markaziy Osiyo Kremlning zaifligidan foydalanib, Turkiy Davlatlar Tashkiloti kabi Rossiyasiz birlashmalarga intilmoqda;

— Markaziy Osiyo «dunyoqarashini o’zgartirdi», «jamoaviy tarixni qayta ko’rib chiqmoqda», rus tili o’rniga ingliz tilini ikkinchi til sifatida targ’ib qilmoqda, g’arb ta’lim standartlariga o’tmoqda va elitani G’arbda o’qishga yubormoqda.

Nima taklif qilinmoqda?

— Rossiya Markaziy Osiyo mamlakatlarini o’z orbitasida ushlab turish uchun «uzoq muddatli» o’yin olib borishi kerak bo’ladi, ittifoqchi mamlakatlarga esa «Rossiyaga nisbatan o’z pozitsiyalarini belgilash» to’g’ri keladi;

— Rossiya AQSH, Yevropa Ittifoqi va Xitoyga raqobatchi bo’lgan yevrosiyo tuzilmasini yaratish ustida ishlaydi.
Bularning barchasi nimani anglatadi?

Bu muhim hujjat bo’lib, u Moskva o’n yillar davomida yagona ta’sirli davlat hisoblangan mintaqadagi o’z kuchlarini qanday baholayotganini ko’rish uchun noyob imkoniyatdir. Garchi hisobot voqelikdan butunlay uzilmagan bo’lsa-da, unda sabab-oqibat aloqalari buzilgan. Markaziy Osiyo (taajjublanarli emas) G’arb/Rossiya harakatlariga qarab o’z rivojlanish vektorini o’zgartiradigan ob’yekt sifatida qabul qilinadi. Biroq hujjatda tilga olingan tendentsiyalar (ingliz tilining ommaviyligi, g’arb ta’limi va h.k.) mintaqada 2022-yildan keyin emas, balki 1990-yillardan beri kuzatilmoqda. Bundan tashqari, Rossiyaning o’zi ham ta’limda g’arb amaliyotini o’zlashtirgan va maktablarda ingliz tilini o’rgatgan (va buni davom ettirmoqda). Bu yerda Markaziy Osiyo izchil harakat qilmoqda, Rossiya esa – yo’q.

Moskva Markaziy Osiyo mamlakatlarining subyektlikligini tan olib, o’z jozibadorligi ustida ishlash o’rniga, sobiq sovet respublikalaridan vaqtni to’xtatib qo’yishni va Kreml meros qilib olgan tarixiy ustunlikni buzmaslikni talab qilmoqda.

Temur Umarov

Rossiya: quvilgan migrantlar, do‘stini qutqargan yigit, layk uchun jarima

Navigatsiya