Maqola

406 10/09/2025

Ulan-Udedagi Buryatiya milliy muzeyi qurilish maydonida fojia yuz berdi. Tergov qo‘mitasi va mintaqa matbuoti to‘rt nafar ishchi balandlikdan qulab, halok bo‘lgani haqida xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, migrantlar xavfsizlik kamarlarisiz havoza ustida ishlagan. Konstruksiya ko‘tara olmay, ular 26 metrdan yiqilib tushgan. Uch nafari voqea joyida vafot etdi, yana biri kasalxonaga yotqizildi, biroq shifokorlar uni qutqara olmagan.

Respublika rahbari Aleksey Tsidenov ishchilarning o‘limini tasdiqladi va ularning barchasi xorijiy davlat fuqarolari ekanini aytdi. Mahalliy nashrlarning yozishicha, halok bo‘lganlarning uch nafari Turkmanistondan, to‘rtinchisi esa O‘zbekistondan bo‘lgan.

«Bugun qurilish maydonchasida favqulodda holat yuz berdi. Afsuski, oqibati ayanchli. Vakolatli idoralar voqea sabablarini o‘rganmoqda. O‘z navbatida shuni ta’kidlab o‘tmoqchiman: yomg‘ir yog‘ib, ob-havo noqulay bo‘lgan. Qurilish sohasidagi barchadan xavfsizlikka alohida e’tiborli bo‘lishlarini so‘rayman”, — deb yozgan Tsidenov ijtimoiy tarmoqda.

Tergov organlari surishtiruv ishlarini olib bormoqda, shundan so‘ng tegishli qaror qabul qilinadi. Halok bo‘lganlarning oila a’zolari bilan ham muloqot tashkil etilgan.

Pul yuborish uchun yangi servis

Navigatsiya