Мақола

115 30/03/2024

FSB Stavropol o‘lkasida teraktning oldini olganini ma’lum qildi. Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, uni “Markaziy Osiyo davlatlaridan biri”ning uch nafar fuqarosi tayyorlagan.

FSB xodimlari “Markaziy Osiyo davlatlaridan biri”ning uch nafar fuqarosi Stavropol o‘lkasida uyushtirmoqchi bo‘lgan teraktning oldini olganini iddao qilmoqda.

Razvedka xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchilar gavjum joylardan birida portlash uyushtirishni rejalashtirgan.

Hibsga olinganlarning yashash joyidagi tintuvlar chog‘ida “qo‘lbola portlovchi qurilmaning tarkibiy qismlari, kimyoviy moddalar va buzg‘unchi elementlar topildi va olib qo‘yildi”, — deyiladi FSB xabarida.

Terrorchilik harakati (Jinoyat kodeksi 30-moddasi 1-qismi “a” bandi, 205-moddasi 2-qismi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. FSB ishning boshqa tafsilotlari va hibsga olinganlarning shaxsini oshkor qilmagan.

Razvedka xizmati hibsga olinganlar aks etgan videoni tarqatdi. Videoda uch erkak ko‘chada ketayotib, dorixona, qurilish do‘koni va oziq-ovqat do‘koniga kirgani ko‘rinadi. Shundan so‘ng, video uzilib boshqa video qo‘shilib, ular FSB xodimlari tomonidan yerga yuztuban qilinib ushlangani tasvirlari bor.

Qo‘lga olinganlar orasida o‘zbekistonliklar ham bo‘lishi mumkin. Chunki videoning oxirida ko‘rsatilgan ashyolar orasida O‘zbekiston fuqarosining xorijga chiqish pasporti aks etgan.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация