
Gana hukumati Rossiya bilan Ğarbiy Afrika mamlakati fuqarolarining Ukrainaga qarşi uruşda iştirok etişiga yöl qöymaslik böyiça kelişuvga erişilganini ma’lum qildi. Gana tomonining ta’kidlaşiça, çeklov noqonuniy yollaş holatlariga ham, Rossiya qurolli kuçlari bilan ixtiyoriy ravişda şartnoma tuzişga ham taalluqli.
Bu haqda Gana taşqi işlar vaziri Samuel Okudzeto Ablakva 30-oktabr kuni Moskvada «Rossiya — Afrika» sammiti doirasida mamlakat prezidenti Jon Dramani Mahama va Vladimir Putin örtasida ötkazilgan muzokaralardan söng ma’lum qildi.
Taşqi işlar vazirining sözlariga köra, prezident Mahama uçraşuvda Gana fuqarolarining harbiy harakatlarga jalb etilişi masalasini şaxsan kötargan. Gana hukumati yoşlarni işga joylaştiriş yoki Rossiyada ta’lim oliş va’dalari bilan mamlakatga olib borib, keyinçalik frontga yuboriş holatlari haqida xabarlar tarqalayotganidan xavotir bildirgan.
Ablakvaning aytişiça, Vladimir Putin Gana fuqarolarining uruşda iştirok etişini töxtatiş zarurligiga rozi bölgan. Biroq xabar e’lon qilingan paytda Moskva tomoni erişilgan kelişuvni rasman tasdiqlamagan.
Gana fuqarolarining harbiy xizmatga yollanişi bilan boğliq muammo mamlakat hukumati tomonidan avval ham kötarilgan. 2026-yil avgust oyida Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov bilan ötkazilgan muzokaralardan söng Ablakva Gananing 62 nafar fuqarosi halok bölgani, yana 15 kişi bedarak yöqolgan deb hisoblanayotganini ma’lum qilgan edi. Bundan avval Gana hukumati mamlakatning qariyb 272 nafar fuqarosi işga joylaştiriş bilan boğliq firibgarlik sxemalari orqali mojaroga jalb etilgan bölişi mumkinligini bildirgan.
Gana öz fuqarolarining harbiy xizmatga jalb etilişini töxtatiş va vatandoşlarini mamlakatga qaytariş böyiça Moskva bilan muzokara olib borayotgan davlatlardan biriga aylandi.
Hindiston ham bu masalani Rossiya tomoni bilan bir neça bor muhokama qilgan. 2024-yil iyul oyida boş vazir Narendra Modi Moskvaga taşrifi çoğida Vladimir Putin bilan Rossiya armiyasi bilan şartnoma tuzgan Hindiston fuqarolarini harbiy xizmatdan ozod qiliş masalasini kötargan. Şundan söng Rossiya tomoni Hindistonni ham öz içiga olgan qator davlatlar fuqarolarini harbiy xizmatga qabul qilişni töxtatişini bildirgan. Biroq 2026-yil sentabr oyida Hindiston Taşqi işlar vazirligi fuqarolarini Rossiyadagi şubhali iş takliflaridan ogohlantirib, vatandoşlarini qaytariş böyiça harakatlar davom etayotganini ma’lum qilgan.
Nepal ham Rossiya hukumatiga murojaat qilib, öz fuqarolarini harbiy xizmatga yollaşni töxtatiş, xizmatga kirgan nepalliklar bilan tuzilgan şartnomalarni bekor qiliş, halok bölganlarning jasadlarini vatanga qaytariş va ularning oilalariga tovon puli tölaşni söragan. Katmandu bu masalani diplomatik kanallar orqali bir neça bor kötargan.
Şri-Lanka esa fuqarolarining Rossiyaga borişi ustidan nazoratni kuçaytirdi. Mamlakat hukumati erkaklarning aldov yöli bilan harbiy harakatlarga jalb etilişining oldini olişga qaratilgan qöşimça çoralarni e’lon qildi. Şuningdek, frontga yuborilgan vatandoşlarini qaytariş masalasini muhokama qiliş uçun Moskvaga vakillarini yubordi.
Şu tariqa, Rossiya-Ukraina uruşida iştirok etiş uçun xorijiy fuqarolarni yollaş masalasi Osiyo va Afrikaning bir qator davlatlari örtasida diplomatik muzokaralar mavzusiga aylangan. Biroq erişilgan kelişuvlar va yollaş amaliyotining amalda töxtatilgani haqidagi bayonotlar hozirça alohida tasdiq va ularning ijrosini baholaşni talab qiladi.