357 27/09/2025

Rossiyaning shimoliy shaharlaridan so‘ng janubiy viloyatlar ham “migrant ovi”ga faol qo‘shildi. Masalan, Gelendjikda so‘nggi 24 soat ichida politsiya xodimlari mamlakatda migratsiya qoidalarini buzgan olti nafar xorijiy fuqaroni aniqladi.

Mehmon uylaridan birida o‘tkazilgan reyd davomida 25 yoshdan 34 yoshgacha bo‘lgan uch nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Ularning barchasi Rossiya Federatsiyasida bo’lish qoidalarini buzgan va Rossiya Federatsiyasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksining 18.8-moddasi 1.1-qismi bilan ayblanmoqda. Ularni turar joy bilan ta’minlangan 84 yoshli tadbirkor Rossiya Federatsiyasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksining 18.9-moddasi 3-qismiga binoan 500 ming rublgacha jarimaga tortilishi mumkin.

Patrul vaqtida to‘xtatilgan “VAZ-2104” mashinasida uch nafar tojikistonlik muhojir bo‘lgan. Ularning shaxsi tekshirilib, migratsiya qonunchiligini buzish holatlari aniqlandi. Huquqbuzarlar qo‘shimcha tergov o‘tkazish uchun politsiya bo‘limiga olib ketilgan va keyinchalik Rossiyadan deportatsiya qilinadi.

 

Pul yuborish uchun yangi servis

Navigatsiya