
Correctiv nashrining xabarlariga ko’ra, Migratsiya va qochqinlar bo’yicha federal idora (BAMF) 2025-yil dekabr oyidan boshlab chet elliklar nemis tilini o’rganadigan va integratsiya bo’yicha mashg’ulotlardan o’tadigan kurslar uchun yangi arizalarni tasdiqlashni vaqtincha to’xtatdi.
Nashr agentlikning 22-yanvar kuni kurs tashkilotchilariga yuborilgan xatiga ishora qilmoqda. Unga ko’ra, qaror kutilmagan bo’lgan – provayderlarga oldindan xabar berilmagan va arizalar noma’lum muddatga to’xtatilgan.
Alyans 90/Yashillar partiyasining so’roviga javoban Germaniya Ichki ishlar vazirligi arizalar hozirda «ichki ko’rib chiqish»dan o’tayotganini va yakunlash sanasi noma’lumligini ma’lum qildi.
Germaniya qonunlariga ko’ra, qochqinlar va uzoq muddatli migrant ishchilar bunday kurslarda qatnashish huquqiga ega. Vaqtinchalik himoya maqomiga ega ukrainaliklar, boshpana izlovchilar va Duldung maqomiga ega shaxslar kabi boshqa toifadagi chet elliklar ham kurslarga joylar bo’lsa, qabul qilinishi mumkin.
Germaniya xalq universitetlari uyushmasi – Deutscher Volkshochschul-Verband (DVV) ma’lumotlariga ko’ra, vaziyat «dramatik» tus oldi: yangi guruhlarga kam odamlar olinmoqda va ko’p odamlar aniq muddatsiz kutishga majbur bo’lmoqda.