Мақола

66 24/03/2024

Mixail Sheremet RIA Novostiga bayon qilishicha «chegadaradan o‘tishi bilan xorijliklar avvalambor o‘zlari uchun tahdidga aylanishmoqda, chunki xorij maxsus xizmatlari ulardan Rossiyada terror sodir etish uchun sharoit yaratishda foydalanishmoqda”.

Sheremet xorijliklarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishini, biroq ularning ayrimlaridan rossiyaliklarga zarar yetkazish uchun foydalanishayotganini ta’kidlagan.

«Bizda hozir, afsuski, odamlarning Rossiyaga kelishdan asl maqsadini aniqlashga vaqt yo‘q», — deydi deputat.

Teraktdan so‘ng migrantlarga nisbatan yana qanday cheklovlar haqida gapirilmoqda?

— Baza telegram kanaliga ko‘ra Moskva politsiyasi migrantlarga qo‘shimcha tekshiruvlarni amalga oshirish uchun ishchi guruhlar tuzgan. Tekshiruvlar migrantlar yashaydigan xostellar, tashkilotlar va yo‘llarda amalga oshirilishi ta’kidlangan.

— «Gazeta܂ru» migrantlar yotoqxonalariga ommaviy reydlar o‘tkazilayotgani haqida xabar berdi.

— BRIEF telegram kanali kuchishlatar tizimlar Savdo majmualarida va madaniy markazlarda ishlaydigan migrantlarning ro‘yxatini olishgani haqida xabar berdi.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация