213 20/05/2024

“Gosuslugi”ni har bir muhojir ochishi tavsiya qilinadi. Unda davlatning xizmatlarini elektron ravishda uydan chiqmay olish mumkin. Masalan, Gosuslugi orqali hech qayerga bormay “uvedomleniye” topshirish juda qulay.

“Gosuslugi”dagi xizmatlardan to‘liq foydalanish uchun ochilgan akkauntni tasdiqlash kerak (podtverdit). Buning uchun telefoningizdagi onlayn bankdagi xizmatlar orasidan “podtverdit gosuslugi” bo‘limini topish kerak.

Tasdiqlash davomida “Gosuslugi”da pasport ma’lumotlari topilmasa, “ne nayden pasport” degan yozuv chiqadi.

Bu yozuv pasport ma’lumotingiz SNILS tizimiga xato kiritilganini anglatadi. Ya’ni pasport ma’lumoti SNILSda boshqacha, bankda boshqacha kiritilgan. Uni to‘g‘irlash uchun bevosita “SFR” (Социальный фонд России)ga murojaat qilish kerak. SFRning nomini “пенсионный фонд” deb ham atashadi.

Migrasion qayd (registratsiyangiz) bo‘yicha SFRga borganda “Gosuslugi”da akkaunt ochib tasdiqlolmayotganingizni, pasportingiz chiqmayotganini aytasiz. O‘zingiz bilan pasportingiz va uning notarial tarjimasini olib borishingiz kerak.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya