Agar migratsion qaydni uzaytirish uchun “Госуслуги” orqali ariza topshirilgan, biroq javob chiqmayotgan bo‘lsa, qaytadan yana topshiraverish kerak. Qolaversa, “МВД” bo‘limiga qabul uchun ham yozilish kerak.
“МВД” qabuli vaqti kelguncha “Госуслуги” orqali qaytadan migratsion qayd uchun arizani yuborish mumkin va tajribada bu juda yaxshi samara berishiga guvohmiz.
Qayta ariza yuborganda orada necha kun o‘tib ketganining ahamiyati yo‘q. “Госуслуги” orqali arizani faqat bir marta yuborish mumkin degan qoida yo‘q. Shuning uchun “регистрация” tayyor bo‘lguncha qayta-qayta ariza yuborsa bo‘ladi.
Agar “МВД”ga qabul vaqti kelganda qayta yuborilgan arizalar bo‘yicha ham registratsiya tayyor bo‘lmagan bo‘lsa, “МВД” qabuliga kelganda registratsiyani “Госуслуги” orqali topshirilgani haqida xabar berish kerak. Shunda xodimlar «регистрация» uchun hech qanday to‘sqinlik bo‘lmasa va taqdim qilingan hujjatlar yetarli bo‘lsa “МВД” bo‘limining o‘zida rasmiylashtirib berishadi.