90 02/07/2025

O‘zbekistonlik hojilarning 2024-yilgi Haj safari yakunlandi.

Bu yilgi Haj mavsumi doirasida yurtimizdan Saudiya Arabistoniga hojilarning birinchi qatnovi 13-may kuni boshlandi va ziyoratchilar 30-maygacha Saudiya Arabistoniga yetib borishdi. Ibodatlar tugagach, Vatanga qaytish 12-iyundan boshlandi. So‘nggi guruhdagi hojilar 29-iyun kuni O‘zbekistonga yetib kelishdi.

Hojilarning safarini yengillashtirish maqsadida Jiddadagi Podshoh Abdulaziz xalqaro aeroportidan Toshkent, Samarqand, Namangan kabi shaharlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi. Bu esa yurtdoshlarimiz uchun katta qulaylik bo‘ldi.

Safar davomida qattiq issiq va ayrim fuqarolardagi surunkali kasalliklar sabab to‘rt nafar yurtdoshimiz hayotdan ko‘z yumdi.

Bundan tashqari, rasmiy ruxsatnomalarsiz, ya’ni noqonuniy yo‘llar orqali Saudiya Arabistoniga borgan yana to‘rt nafar o‘zbekistonlik ziyoratchi ham vafot etgan.

Hajdan so‘nggi kunlarda esa Bosh konsulxonaga 40 nafardan ortiq ziyoratchi xorijga chiqish pasportini yo‘qotgani uchun murojaat qilib, qaytish guvohnomasini rasmiylashtirishga majbur bo‘ldi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya