Мақола

81 18/03/2024

Belarus Respublikasida Rossiyada harbiy xizmatga chaqirilgandan so‘ng qochib ketayotgan ikki tojikistonlik qo‘lga olingan. Bu haqda Moskva tergov qo‘mitasi boshqarmasi xabar berdi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2004-yilda va 2005-yilda tug‘ilgan ikki tojikistonlik 2019 va 2022-yillari Rossiya fuqaroligini olishgan. Shundan so‘ng ular harbiy xizmatga chaqirililgan. Biroq 2023-yilning 22-oktyabrida Moskvadagi “voyenkomat”ning xizmatga tayyorlash punktidan qochib ketishgan.

Urush boshlanganiga qaramay, Rossiya fuqaroligini olishga qiziqayotgan tojikistonliklar soni ortib bormoqda. 2021-yili Rossiya fuqaroligini 103 600 tojikistonliklar olgan bo‘lsa, 2022-yilning 9 oyi ichida 119 ming 609 nafar tojikistonlik Rossiya fuqaroligini olgan. 2023-yilning birinchi 3 oyi davomida esa 44 854 nafar tojikistonlik Rossiya fuqaroligini rasmiylashtirgan.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация