Maqola

174 18/11/2024

2025-yil 1-yanvardan boshlab Rossiyada ayrim yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar oshirilishi mumkin, deb xabar beradi «Ведомости». Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksga (КоАП) tegishli o‘zgartishlar hukumat tomonidan ishlab chiqilmoqda.

«Ведомости» saytining yozishicha, quyidagi qoidabuzarliklar uchun jarimalar miqdori o‘zgarishi mumkin:

– xavfsizlik kamarlarini qo‘llash qoidalarini buzganlik uchun jarimani 1000 rubldan 1500 rublga oshirish taklif etilmoqda:
– transport vositasini mast holatda boshqarganlik yoki boshqarish huquqini boshqa shaxsga berganlik uchun jarima 30 000 rubldan 45 000 rublgacha oshiriladi (shuningdek, 12.26-modda bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan bosh tortganlik uchun jarima ham shu ko‘rsatkichlarda oshadi).
– tezlikni oshirish uchun jarimalar hozirgi 500–5000 rubl o‘rniga 750–7500 rubl bo‘ladi.
– yo‘l belgilari yoki chiziqlar qoidalariga rioya qilmaslik uchun jarimalar 500–5000 rubl o‘rniga 750–7500 rublgacha oshiriladi.

Shuningdek, 12.21.1-modda (buksirga olish yoki yuk tashish qoidalarini buzish) va 12.21.5-modda (katta o‘lchamli yuk tashish qoidalarini buzish) bo‘yicha ham jarimalar oshirilishi taklif etilmoqda. 12.24-moddaga ko‘ra, YHQni buzganlik natijasida yengil tan jarohati yetkazganlik uchun jarimalar 2500–5000 rubldan 3700–7500 rublgacha, o‘rta darajadagi jarohat uchun esa 10 000–20 000 rubldan 15 000–30 000 rublgacha oshiriladi.

Ikkinchi o‘qishga taklif qilingan o‘zgartishlar nafaqat jarimalarni oshirishni, balki ularni «chegirma» bilan to‘lash imkoniyatini ham o‘zgartirishni ko‘zda tutadi. Hozirgi kunda “КоАП”ning 32.2-moddasiga ko‘ra, YHQning ko‘pchiligini buzgan holatda avtomashina egasi 20 kun ichida jarimaning faqat 50%ini to‘lashi mumkin. Yangi o‘zgartishlar qabul qilingan taqdirda, bu miqdor 75% bo‘ladi, lekin chegirma bilan to‘lash muddati 30 kungacha uzaytiriladi.

«Ведомости»ning yozishicha, Rossiya hukumati «chegirma» va elektron to‘lov madaniyati yetarlicha rivojlangan, bu imkoniyatlar o‘z maqsadiga erishgan va endi ulardan voz kechish mumkin deb hisoblaydi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya