Maqola

645 15/07/2025

Davlat Dumasining Byudjet va soliqlar qo’mitasi yangi davlat bojlarini joriy etish va amaldagilarini oshirish to’g’risidagi qonun loyihasini birinchi o’qishda qabul qilishni tavsiya qildi. Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar birinchi navbatda avtomobilchilar va migrantlarga taalluqlidir. Loyiha 15-iyul kungi yig‘ilishda ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.

O‘zgartirishlar loyihasi hukumat tomonidan 7-iyul kuni ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan. Hujjatga ko‘ra, 2025-yil 1-sentabrdan boshlab haydovchilik guvohnomasi narxi 2-3 ming rubldan 4-6 ming rublgacha, transport vositalarini davlat raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazish esa 2 ming rubldan 3 ming rublgacha oshiriladi. Loyihada “prava” olish uchun yig’im 800 dan 1,2 ming rublga, xalqaro haydovchilik guvohnomasi uchun esa 1,6 ming rubldan 3,2 ming rublgacha oshirildi.

Hujjat, shuningdek, chet el fuqarolarining yashash joyida ro’yxatdan o’tishlari uchun 500 rubl miqdorida yig’im joriy qiladi (hozirda bu bepul). Chet el fuqarosini yashash joyida ro’yxatdan o’tkazish uchun davlat boji 430 dan 1000 rublgacha oshadi. Ish patentini qayta rasmiylashtirish uchun yig’im 4,2 mingni tashkil qiladi va patentning amal qilish muddatini uzaytirish uchun ham shuncha pul to‘lanadi.

 

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya