135 02/04/2024

Primorsk o‘lkasida yashovchi fuqaroning aeroportda mina qo‘yilgani haqida yolg‘on ma’lumot berishi unga qimmatga tushdi.

Naxodkada yashovchi fuqaro uchib ketayotgan bir necha chet el fuqarolari Vladivostok aeroportining terminal binosida bomba qoldirishgani haqida xabar bergan. Xavfsizlik kuchlari darhol ishga kirishishdi.

⚠️ Biroq xabar yolg‘on bo‘lib chiqdi.

Ko‘p o‘tmay qo‘ng‘iroq qilgan shaxs, naxodkalik erkak qo‘lga olindi. Suhbat davomida u qurilish ishlariga yollagan xorijlik fuqarolar bilan janjallashib qolganini aytgan. Ishchilarning o‘z vatanlariga qaytish rejalari unga yoqmay, ularning chiqib ketishining oldini olish uchun erkak Vladivostok aeroportining nazorat xizmatiga ataylab yolg‘on xabar bergan.

Hozirda Vladivostok tergov organlari Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining terrorchilik harakati haqida bila turib yolg‘on xabar berish moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Ushbu moddada nazarda tutilgan eng yuqori jazo besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilishdir.

🔸 Birovga choh qazigan ish beruvchi unga o‘zi quladi.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация