330 19/03/2025

Rossiya hududida huquqiy holatni tartibga solish imkoniyati tugashiga bir yarim oy qoldi. Shu munosabat bilan Rossiya Ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi «Pasport-viza xizmati» va Migratsiya markazlari yangi rejimga o‘tlazilganligi ma’lum qilindi. Rossiya IIV xabar berishicha, bunga murojaat qiluvchilar, shu jumladan Rossiyada huquqiy maqomini tartibga solishni xohlovchi muhojirlar sonining ko‘payishi sabab bo‘lgan.

Xabar berilishicha, Rossiya bo‘yicha barcha filiallarda migratsiya xizmatlarini ko‘rsatish uchun qo‘shimcha ish vaqti belgilangan. Ish kuni davomiyligi, shu jumladan shanba kunlari tegishli idoralar qaysi vaqtgacha muhojirlardan arizalarni qabul qilishi mintaqaga qarab farq qiladi. Navbatlarning oldini olish maqsadida, Rossiya Ichki ishlar vazirligi fuqarolarga qabul vaqti uchun eng qulay vaqtni oldindan tanlashni tavsiya qilmoqda. Odatda murojaatchilar ertalab ko‘p bo‘lishi ta’kidlab o‘tildi.

Chet el fuqarolari Rossiya Federatsiyasi hududida qolish uchun hujjatlarni 2025-yil 30-aprelga qadar rasmiylashtirishlari mumkin.

Ro‘yxatga olish va huquqiy holatni tartibga solish bo‘yicha savollar bilan «Pasport-viza xizmati»ning 8-800-200-52-09 telefon raqamiga murojaat qilish mumkinligi eslatildi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya